Qurilish tashkilotlari uchun M-29 yechimi

M29 dasturi: qurilish materiallari hisobi va sarf nazorati

M29 MAO material kirimi, chiqimi, ombor qoldig‘i va sarfini bir tartibda yuritishga yordam beradi. Dastur ish hajmi va birlikka norma asosida normativ talabni hisoblaydi, amaldagi sarf bilan solishtiradi hamda tejam yoki ortiqcha sarfni ko‘rsatadi.

Qurilish materiallari kirim-chiqimi

Kelgan materiallarni kirimga oling, obyekt yoki blok bo‘yicha berilgan materiallarni chiqimda yuriting.

Ombor qoldig‘i

Boshlang‘ich qoldiq, jami kirim, jami chiqim va joriy qoldiqni nazorat qiling.

Normativ va amaldagi sarf

Ish hajmi va birlikka norma asosida normativ talabni hisoblang va amaldagi sarf bilan taqqoslang.

Tejam va ortiqcha sarf tahlili

Farqni tez ko‘ring: qayerda tejam, qayerda ortiqcha sarf yuzaga kelganini aniqlang.

M-29 uchun ma’lumot tayyorlash

M29 MAO qurilish materiallari hisobini tartibga solib, M-29 bilan ishlash uchun kerak bo‘ladigan material sarfi ma’lumotlarini tayyorlashni yengillashtiradi.

Litsenziya

250 000 so‘m / 1 oy

2 500 000 so‘m / 12 oy

1 kompyuter • 5 til (bitta fayl) • Excel fayl va kalit to‘lovdan so‘ng beriladi

Kimlar uchun

Katta yoki kichik qurilish tashkilotlari, material hisobi va sarf nazoratini Excel muhitida tartibga solmoqchi bo‘lgan mutaxassislar uchun.

M29 MAO qanday ishlaydi?

Asosiy ish oqimi: materiallar ma’lumotnomasi → kirim → ombor qoldig‘i → chiqim → sarf tahlili → hisobotlar. Xariddan oldin demo bilan tanishishingiz mumkin.